Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida yuzinchi nikoh qayd etildi
O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi nikohlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha xorijdagi diplomatik vakolatxonalar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Janubiy Koreyada 2025-yilda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasidagi 100-nikoh qayd etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
10-oktyabr kuni O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasidagi nikohni rasmiylashtirdi. Elyor Nurdinov va Nilufarxon Nuriddinova yangi oila qurishdi.
Elchixona fuqarolik holati to‘g‘risidagi guvohnomalarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish soni bo‘yicha mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orasida birinchi o‘rinda turadi. Ushbu nikoh 2025-yilda Elchixonada ro‘yxatga olingan yuzinchi nikoh bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Janubiy Koreya yuqori malakali mutaxassislar uchun viza to‘g‘risida kelishib olgan edi. Shuningdek, tomonlar o‘zbekistonliklarni qishloq xo‘jaligi va baliqchilikda mavsumiy ishlarga jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Izohlar