Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
Prezident farmoni bilan Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi.

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi. Bu haqda prezident farmoni chiqarildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Mazkur unvon uning davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun berilgan.
Jamshid Qo‘chqorov (1964 y.t.) Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (1985) va Kolorado shtati iqtisodiyot institutini (1996) tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Markaziy bank raisi o‘rinbosari (1996−1997), moliya vaziri o‘rinbosari — Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i (1997−2005), moliya vaziri o‘rinbosari (2005−2016), moliya vazirining birinchi o‘rinbosari (2017-yilgacha), keyin esa bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri (2017−2020-yillar) bo‘lib ishlagan.
U Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga 2023-yil avgust oyida tasdiqlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” medali ta’sis etildi Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi 3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi Ayrim dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Soʻnggi yangiliklar







