Istanbulda qoʻlbola aroqdan o‘lgan o‘zbekistonliklar soni 17 nafarga yetdi
Hozirda Bosh konsulxona tomonidan qalbaki spirtli mahsulotlarni iste’mol qilish oqibatida vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda hamda ularning oila a’zolariga kerakli yordam ko‘rsatilmoqda.

Joriy yil 18-yanvar holatiga ko‘ra, spirtli ichimlikdan zaharlanish sababli vafot etgan o‘zbekistonliklarning umumiy soni 17 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona tomonidan qalbaki spirtli mahsulotlarni iste’mol qilish oqibatida vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda hamda ularning oila a’zolariga kerakli yordam ko‘rsatilmoqda.
Shu bilan birga, Istanbul hududidagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanib, davolanayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 5 nafarga yetgan. Konsulxona xodimlari ularning holidan xabar olib, ularning yaqinlari va shifoxona ma’muriyati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
“Bosh konsulxona diplomatlari mazkur holat yuzasidan Istanbul hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, sud-tibbiy ekspertiza markazi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Soʻnggi yangiliklar







