Issiqning kuchayishi: sinoptiklar haftalik ob-havoni prognoz qildi
O‘zbekistonning ayrim hududlarida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Joriy ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lgan o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati kunduzi 36-39o, shimolda, janubda va respublikaning cho‘l hududlarida 40-42o gacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi. Juda issiq ob-havo davri shanba kuni ham davom etadi. Kunduz kunlari termometr ustuni 40-42o gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-44o gacha ko‘tariladi.
O‘zbekiston hududining katta qismida ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda 14-16 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 14-16 iyulda kechasi 22-24o, kunduzi 37-39o, 17-19 iyulda kechasi 25-27o, kunduzi 40-42o gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Izohlar