Issiqning biroz pasayishi va musaffo osmon: 29-iyun uchun ob-havo
Mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.

29-iyun kuni O‘zbekistonda issiq, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°;
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Avvalroq dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz ochiq va issiq kunlar kutayotgani haqida xabar berilgandi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin.
Izohlar