Issiq va yomg‘ir: 20-sentyabr uchun ob-havo
Ba’zi joylarda shamol chang ko‘tarishi mumkin.

20 sentyabr kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonni salqin dam olish kunlari kutayotgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatga nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
Izohlar