O‘zbekiston

Issiq va shamolli: 9-oktyabr uchun ob-havo

Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

9 oktyabr kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 24-26° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 16-21° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная