O‘zbekiston

Issiq va shamolli: 30-sentyabr uchun ob-havo

Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

30-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Avvalroq O‘zgidromet ob-havo keskin sovishi haqida ogohlantirgandi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная