O‘zbekiston

Issiq va shamolli: 14-iyun uchun ob-havo

Tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Issiq va shamolli: 14-iyun uchun ob-havo

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 14-iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda kuchli shamol esishi, tog‘li joylarda esa yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tunda havo harorati 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga quruq havo chiqishi boshlanishi haqida xabar berilgandi. Harorat deyarli 40 darajagacha ko‘tariladi.

Izohlar

Mavzuga oid