Issiq va shamol: 6-sentyabr uchun ob-havo
Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan shamol esadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 34-36° issiq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20° iliq, kunduzi 32-37° issiq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20° iliq, kunduzi 32-37° issiq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20° iliq, kunduzi 32-37° issiq bo‘ladi.
- Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Izohlar