Issiq va shamol: 3-iyul uchun ob-havo
Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

3-iyul kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 39-41° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 41-46° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 41-46° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi. - tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar jazirama kuchayishi haqida favqulodda ogohlantirilgani xabar qilingandi. O‘zbekiston hududiga janubdan issiq havo kirib kelmoqda.
Izohlar