Issiq va quruq: 7-iyul uchun ob-havo
Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin.

7-iyul kuni O‘zbekistonda 40 darajadan yuqori issiq bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 39-41° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° bo‘ladi;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonli izg‘irin bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonli izg‘irin bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 17-22°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Izohlar