Issiq va quruq: 2-iyul uchun ob-havo
Ba’zi joylarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda 2-iyul kuni havo issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 37-39° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi; - Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi; - Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 39-44° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda iyul oyi odatdagidan issiqroq bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Izohlar