O‘zbekiston

Issiq va changli shamol: 8-iyul kuni ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8-iyul kuni O‘zbekistonda issiq, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 37-39° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
    Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tundagi harorat 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar issiq tufayli necha marta “tez yordam” chaqirgani ma’lum bo‘ldi.
Aksariyat qo‘ng‘iroqlar favqulodda bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная