O‘zbekiston

Issiq va changli shamol: 16-iyun uchun ob-havo

Tog‘oldi hududlarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Issiq va changli shamol: 16-iyun uchun ob-havo

16-iyun kuni O‘zbekistonda issiq va quruq ob-havo kutilmoqda, ayrim joylarda shamol kuchayib, chang ko‘tarilishi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa momaqaldiroq va sel-toshqin hodisalari yuz berishi mumkin, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 36-38° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, ayrim hududlarda chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Ba’zi hududlarda chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 39-44° bo‘ladi;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, ba’zi hududlarda chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 39-44° bo‘ladi;
  • Farg‘ona vodiysida (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari) yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi;
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq va sel-toshqin hodisalari yuz berishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid