O‘zbekiston

Issiq va changli shamol: 15-iyul uchun ob-havo

Ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

15-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esadi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 37-39° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Avvalroq sinoptiklar hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishini aytib, jazirama kuchayishini va’da qilgandi. O‘zbekistonning ayrim hududlarida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная