O‘zbekiston

Issiq va changli shamol: 11-oktyabr uchun ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

11-oktyabr kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ustyurt bo‘ylab shamolning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi mumkin. Tunda havo harorati 5-10° iliq, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ustyurt bo‘ylab shamolning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi mumkin. Tunda havo harorati 5-10° iliq, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha juda iliq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Mamlakat shimolida shamol kuchayishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная