Issiq va bulutli: 19-oktyabr uchun ob-havo
Tog‘larda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

19-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo bulutli, lekin iliq bo‘ladi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 18-26° bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 19-21° bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq;
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Izohlar