Issiq va biroz yomg‘ir: 12-iyun uchun ob-havo
Tog‘larda sel kelishi mumkin.

12-iyun kuni O‘zbekistonda issiq bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, tog‘li hududlarda shamol kuchayishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° issiq;
- Farg‘ona viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklar o‘ta issiq va quruq may oyini boshdan kechirgani xabar qilingandi. Ayrim hududlarda harorat rekordlari yangilandi.
Izohlar