
Issiq, sovuq, yomgʻir: Oʻzbekistonga injiq ob-havo yaqinlashmoqda
Togʻlarda sel kelishi mumkin.

Oʻzbekistonda hafta davomida ob-havo buziladi, salqin tushadi va yogʻingarchilik boʻladi. “Oʻzgidromet” 14-18-aprel kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.
14-aprelda Oʻzbekiston hududining katta qismida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 15-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati shu kunlarda 24-29 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 32-37 darajagacha boʻladi. 16-aprelda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-aprel kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.
Havo harorati pasayadi, respublika hududining katta qismida 16-aprelda 20-25 daraja, 17-aprelda 18-23 daraja, 18-aprelda 16-21 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 17-18-aprelda baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq boʻladi. 14-18-aprel kunlari togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 25-28 daraja boʻladi. 16-aprelda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat 23-25 daraja boʻladi.
17-18-aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Haroratning asta-sekin 17-20 darajagacha pasayishi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Soʻnggi yangiliklar







