O‘zbekiston

Issiq havo va quruq shamol: 5-iyul uchun ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

5-iyul kuni O‘zbekistonda issiq, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 24-26°, kunduzi 41-43° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
    Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
    Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 41-46° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
  • tog’ oldi va tog’li hududlarda yog’ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Avvalroq dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni jazirama issiq kutib olishi haqida xabar berilgandi. Havo harorati 40 darajadan past bo‘lmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная