Issiq, chang va yomg‘ir: 24-avgust uchun ob-havo
Ba’zi joylarda shamolning kuchayishi kutilmoqda.

24-avgust kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kuchli shamol esishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° issiq;
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tunda havo harorati 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonni salqin dam olish kunlari kutayotgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatga nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
Izohlar