Issiq, biroz yomg‘ir: 23-oktyabr uchun ob-havo
Toshkentda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

23-oktyabrda O‘zbekistonda havo harorati biroz ko‘tariladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarni juda iliq va bulutsiz ish haftasi kutayotgani haqida xabar berilgan edi. Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, bu davr oltin kuzdan bahramand bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Izohlar