Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshladi.
Isroilning O‘zbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig diplomatik missiyasini boshladi, deya xabar berdi elchixona matbuot xizmati.
Xalqaro munosabatlarda katta tajribaga ega va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga sodiq bo‘lgan Gideon Lustik mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga tayyor, deyiladi xabarda.
Gideon Lustig O‘zbekiston bilan bir qatorda Tojikistondagi norezident elchi ham hisoblanadi. U bunga qadar 2022-yildan buyon Isroil Tashqi ishlar vazirligi siyosiy direktori shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
U Toshkentda ishga kirishganidan so‘ng “G‘alaba bog‘i”da joylashgan Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda yahudiylarning boshpana topishiga bag‘ishlangan monumentni ziyorat qilgan. Shuningdek, O‘zbekistondagi yahudiy jamoalar rahbarlari bilan uchrashgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi O‘zbekiston elchisi Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi. Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi O‘zbekiston Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi