28 Fevral 2025, 14:09 Oʻzbekiston

Isroil Madrimov oxirgi jangidan qancha gonarar olgani ma’lum bo‘ldi

Mazkur turnirda eng katta gonararni asosiy jang egalari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev olgan — 10 mln dollar.

Isroil Madrimov oxirgi jangidan qancha gonarar olgani ma’lum bo‘ldi

22-fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Riyadh Season doirasidagi navbatdagi boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangi Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasida o‘tkazildi. 12 raund davom etgan jangda asli qirg‘izistonlik bo‘lgan Bivol ochkolar hisobiga Beterbiyevni mag‘lub etib, yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylangandi.

Ushbu turnir doirasida super o‘rta vazn toifasida WBC Interim kamari uchun jang qilgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur musobaqada sportchilar qancha pul ishlab topgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Madrimov mazkur turnirda 800 ming dollar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘z kamarini saqlab qolgan Virjil Ortis es 2 million dollar egasiga aylandi. Eng katta gonararni asosiy jang egalari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev olgan (10 mln dollar).

Mashhur yangiliklar