O‘zbekistonda 2-yanvar kuni nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi 5-10° issiq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.




















