Ishlab chiqarishni Toshkentdan Sirdaryoga ko‘chirishda biznes imtiyozlarga ega bo‘ladi
Tadbirkorlarga kreditlar beriladi, logistika tariflari pasaytiriladi va yer berish soddalashtiriladi.

Ishlab chiqarishni Toshkentdan Sirdaryoga ko‘chirishga qaror qilgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi, dedi prezident deputatlar kengashi sessiyasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat tadbirkorlar mehnat resurslari arzon, infratuzilma rivojlangan, yer va mol-mulk soliqlari pastroq bo‘lgan hududlarni izlamoqda. Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasida poytaxtdagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini bo‘sh yer maydonlariga joylashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
O‘z korxonasini Toshkentdan Sirdaryoga ko‘chirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga sanoat zonasidan yer uchastkalari soddalashtirilgan tartibda va chegirma bilan beriladi. Bundan tashqari, ularga 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi va temir yo‘l orqali xomashyo tashishda pasaytirilgan tariflar qo‘llaniladi.
Avvalroq Sirdaryo viloyatida minglab uylar renovatsiya dasturiga topshirilishi haqida xabar berilgan edi. Developerlarga soliq va bojxona imtiyozlari beriladi.
Izohlar