Ish haqi, tekshiruvlar, moddiy yordam: O‘zbekistonda 1-sentyabrdan nima o‘zgaradi?
Kuzning birinchi oyida kuchga kiradigan asosiy yangiliklar ro‘yxati e’lon qilindi.

2025-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhi e’lon qilindi, deb yozadi Norma.
Ish beruvchilarga qo‘yiladigan talablar
Xususan, quyidagilar bekor qilinadi:
- bandlik organlari tomonidan yuborilgan shaxslarni qabul qilishni rad etganlik uchun ma’muriy javobgarlik;
- bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.
Bildirishnomasiz tekshiruvlar
Endilikda davlat mehnat inspektorlari vakolatli organni oldindan xabardor qilmasdan tekshiruvlar o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Yashil tadbirkor
Tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomi beriladi. Uning egalariga:
- “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi;
- muayyan muddatga ekologik tekshiruvlardan ozod etiladi;
- xalqaro bozorlarga chiqishda qo‘llab-quvvatlaydi;
- Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ball beriladi.
Zargarlik buyumlari importi
2028-yil 1-sentyabrgacha:
- zargarlik buyumlarini olib kirishda bojxona boji — 2%;
- “erkin muomalaga chiqarish” va “eksport”da rasmiylashtirish — BHMning 1 baravari;
- import buyumlarni tamg‘alaganlik uchun yig‘im mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yig‘imga tenglashtiriladi;
- barcha bojlar to‘langan taqdirda, zargarlik buyumlarini tasdiqlovchi hujjatlarsiz deklaratsiyalashga ruxsat berildi.
Shuningdek, YTTga zargarlik buyumlarini realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi.
Nogironlikni belgilash tizimi
Tumanlararo va tuman (shahar) TMEK tomonidan nogironlikni faqat tibbiy hujjatlar asosida belgilash bekor qilinadi. Nogironlik shaxsning sog‘lig‘i holati va funksionalligini elektron shaklda baholash natijalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Kichik va o‘rta biznesni ixtiyoriy tugatish
Agar biznes uchta shartga ham javob bersa:
- 3 yillik daromad < 10 mlrd so‘m;
- qarzlar yo‘q va hisobotlar muntazam ravishda taqdim etiladi;
- “Risk tahlili” tizimida past xavf,
— ixtiyoriy tugatishda soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi.
Turizm uchun subsidiyalar va kompensatsiyalar
Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan (yiliga 50 mlrd so‘m):
- videokontentni ishlab chiqarish va targ‘ib qilish xarajatlarining 50 foizi (50 mln so‘mgacha) qoplanadi;
- xorijda o‘zbek taomlari restoranlarini tashkil etish ($25 minggacha) subsidiyalanadi;
- transport xarajatlari (yiliga 300 kg mahsulot uchun 100 mln so‘mgacha) kompensatsiya qilinadi;
- mehmonxonalar, savdo markazlari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida basseynlar qurish uchun 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Bepul uzaytirish
Ularga umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuni uzaytirilgan guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida alohida kvota ajratiladi, shuningdek ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi.
Soddalashtirilgan tartibda ish yuritishda da’volar bo‘yicha yangi chegaralar belgilanmoqda
Da’vo arizasi bo‘yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun da’voning eng yuqori bahosi:
- yuridik shaxslarga — BHMning 150 baravarigacha;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 100 baravarigacha;
- jismoniy shaxslarga — BHMning 50 baravarigacha.
Maktab direktorlari va o‘rinbosarlari stavkalari
Bazaviy tarif stavkalari oshiriladi:
- maktab direktorlariga — 20 foizga;
- direktor o‘rinbosarlariga — 15%ga;
- I va II guruh MTM direktorlarining stavkalari III va IV guruh maktablari direktorlari o‘rinbosarlarining stavkalariga tenglashtiriladi.
Yolg‘iz ota-onalarga yordam
Endi moddiy yordam olish uchun ariza topshirish mumkin:
- “Ijtimoiy himoya yagona milliy tizimi” platformasi orqali;
- YIDXP orqali;
- yoki “Inson” va DXM markazlarida.
PPX xizmatlari
PPX bo‘linmalari IIVning “Elektron patrul” tizimi orqali jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatishni boshlaydi. Yuridik shaxslar shartnoma asosida YaIDXP va DXM orqali xizmatga murojaat qilishlari mumkin. Reglament quyidagi tartiblarni tasdiqlaydi:
- fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda yuridik shaxslar tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishi uchun ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalariga murojaat qilish;
- arizalarni ko‘rib chiqish va ularni rad etish asoslari;
- fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish.
Qayta sug‘urtalash qoidalari
Majburiyatlarni chet ellik qayta sug‘urtalovchilarga o‘tkazishdan oldin:
- shartnomalarni avval davlat organlari ishtirokida tashkil etilgan tashkilotlarga taklif etish zarur;
- keyin — O‘zbekistonda ishlash huquqiga ega bo‘lgan boshqalarga.
Yagona milliy turizm platformasi
U orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- mehmonxonalar, ekskursiyalar va transportni bron qilish;
- chiptalar sotib olish (avia, temir yo‘l, avtobus);
- milliy va xalqaro to‘lov tizimlari orqali xizmatlarga haq to‘lash va boshqalar.
Izohlar