Xorvatiyadan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro ekstraditsiya qilindi Xorvatiyadan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro ekstraditsiya qilindi.

Ekstraditsiya Interpolning O‘zbekiston va Xorvatiya milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari, shuningdek, O‘zbekistonning Vengriyadagi konsulligining har tomonlama ko‘magi natijasida amalga oshirildi. Keyinchalik fuqaro javobgarlikka tortiladi.

O‘tkazilgan tadbirlar xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini va tomonlarning sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Interpol Gruziyada qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki jinoyatchini qo‘lga olgandi. Qo‘lga olinganlar yirik firibgarlik va odam savdosida ayblanmoqda.