O‘zbekiston

Inkuzart yangi graffitini Toshkentning xavfli havosiga bag‘ishladi

Rasmda do‘ppi kiygan fuqarolar ko‘chada protivogazda tasvirlangan.

Ko‘cha rassomi Inkuzart o‘zining yangi graffitisini O‘zbekistondagi havo ifloslanishi muammosiga bag‘ishladi.

Rasmda rassom Toshkent havosining yomonligini nazarda tutib, protivogaz kiyib, milliy bosh kiyimda yurgan odamlarni tasvirlagan. 3-noyabr holatiga ko‘ra, PM2.5 zarralari miqdori JSST me’yorlaridan 17,2 baravar ko‘p. Poytaxt havo sifati bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda havo sifati ketma-ket ikkinchi kun zararli deb baholanmoqda. Dunyoning eng iflos shaharlari reytingida poytaxt 3-o‘rinni egalladi va yetakchilikdan tushmayapti. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 2-noyabr kuni soat 20:00 dan 21:00 gacha avtomatik stansiyalar Toshkentning barcha tumanlarida PM2.5 mayda dispers zarrachalarining konsentratsiyasi me’yordan 2,4 dan 5,6 baravargacha oshganini qayd etgan.

Toshkentning ayrim hududlarida havo sifati aholi uchun juda zararli bo‘lib qoldi: PM2.5 zarralari miqdori JSST me’yorlaridan 40 baravar ko‘p.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная