27-dekabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, Ustyurtda 12-15° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchilik yo‘q. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 4° sovuq-1° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqandda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 4° sovuq-1° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.




















