10-yanvar kuni O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi, ba’zi joylarga tuman tushadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Tunda havo harorati 3° sovuqdan 2° issiqgacha, kunduzi 11-16° issiq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.