Iliq, yog‘ingarchiliksiz: 12-noyabr uchun ob-havo
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

12-noyabrda O‘zbekistonda havo biroz isiydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar sovuq oldidan isinishi haqida xabar berilgandi. Mamlakat hududi bo‘yicha havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi.
Izohlar