Ikki viloyatda “prava” olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
Toshkent va Navoiy viloyatida fuqarolarga “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Toshkent viloyatining Ohangaron hamda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Vatanparvar” tashkiloti Ohangaron shahar klubi o‘rgatuvchi ustasi F.X. fuqaro R.K.ga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Zarafshon shahrida fuqaro I.I. fuqaro Yu.P.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 dollar va 2,3 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani aytildi Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi Toshkent viloyati Sibir tog‘ echkisi ovlangani aniqlandi Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi