Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida fuqarolarning nomiga ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlarini qoʻlga kiritgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi sobiq oʻrinbosari O.X. “V.” fermer xoʻjaligi rahbari B.R. bilan oʻzaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroning nomiga ajratilgan 163 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini “V.” fermer xoʻjaligi hisob raqamiga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.I. va boshqalar fuqaro S.M.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banki filialidan 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratib berishini vaʼda qilib, uning turmush oʻrtogʻi YATT G.M.ning nomiga 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni “R.N.” MChJ orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Toshkent viloyatida eri ayovsiz kaltaklagan ayol vafot etdi