Ikki viloyatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Andijon va Xorazm viloyatlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Baliqchi tumanidagi “I.S.” MChJ masʼul shaxslari va boshqalar MCHJ qarashli yog‘ni qayta ishlash zavodida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib, jami 250 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Izboskan tumanida YATT B.N. va boshqalar “Ovulmat” MFYda joylashgan novvoyxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 149,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Urganch shahridagi “G.” MChJga qarashli Urganch tumani, “Killavut” mahallasida joylashgan dam olish maskanida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, jami 160,7 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Poytaxtning uch tumani vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi Fuqarolarni chuv tushirgan “AIF” platformasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Xorazmda fermerning bahsli qarzdorligi budjet hisobidan qoplanadigan bo‘ldi Xorazmda uyida sher boqayotgan fuqaro jarimaga tortildi