Ikki viloyatda 4,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan “zapravka”lar aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 4,8 milliard so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.
Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.” MChJ rahbari T.A. va boshqalar MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazilib, jami 1,5 million kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,7 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.G.” MChJ rahbari S.R. Past Darg‘om tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zgartirib, tijorat maqsadida 2,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda sud raisining haydovchisi pora bilan ushlandi Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi