Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Jizzaxda 13 sotix, Samarqandda esa 2,4 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Jizzax viloyatida 2024 yili o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda 822 gektar yer maydonlari talon-toroj qilingani aniqlanib, 111 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Shundan 6 ta holatda 55 gektar sug‘oriladigan yerlarda fuqarolar noqonuniy uy-joy qurgani oqibatida davlatga 13,3 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Masalan, fuqaro J.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yo.D. fuqaro J.X.ni aldab, Zomin tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan jami 0,13 gektar yer maydonini 300 mln so‘mga sotishga kelishib, 200 mln so‘m hamda 8 ming dollar olgan vaqtda ushlangan.
Yer sotish bilan bog‘liq 36 ta jinoyatlar fosh etilib, 362 gektar yerning noqonuniy muomalasi oldi olingan.
Shuningdek, Samarqandda fuqaro F.O.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Fuqaro T.Sh. ukasi M.R. rahbarlik qilib kelayotgan Urgut tumanida joylashgan “R.B.N.” fermer xo‘jaligiga qarashli 2,4 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 95 ming dollarga sotishga kelishgan. U kelgusida mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Soʻnggi yangiliklar







