Ikki hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Mazkur holatla yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahri va Navoiy viloyatida pul evaziga noqonuniy yo‘llar bilan xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi department.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida A.N. ismli shaxs fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 21 ming dollar berishi kerakligini aytib, shundan 9 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Xatirchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.I. ismli shaxs fuqaro Yo.Sh.ni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 000 AQSh dollari va 6,3 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holatla yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Toshkentda Lixiang yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urildi Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi O‘zbekiston JST bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarni yakunladi