16 Noyabr 2024, 18:08 Oʻzbekiston

Hindistonda shifoxonadagi yong‘in oqibatida chaqaloqlar halok bo‘ldi

Hindistonda shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 10 nafar chaqaloq halok bo‘ldi.

Hindistonda shifoxonadagi yong‘in oqibatida chaqaloqlar halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi shifoxonaning neonatal bo‘limida yuz bergan yong‘in oqibatida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning “Times Now” nashri xabar berdi.

Mahalliy hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yong‘in Jansi shahridagi Maharani Lakshmi Bay tibbiyot kollejining reanimatsiya bo‘limida sodir bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganida, palatalarni alanga va tutun qoplagan. Guvohlar qutqaruv operatsiyasi yong‘in chiqqanidan 30 daqiqa o‘tib boshlanganini aytmoqda. Bu esa evakuatsiya ishlarini kechiktirgan.

Hindiston Bosh vazirining o‘rinbosari Bradjesh Patxakning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida kamida 10 nafar chaqaloq vafot etgan. Yetti jasadning shaxsi aniqlangan, uch nafariniki esa hali noma’lumligicha qolmoqda.

45 nafar chaqaloq qutqarib olingan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 16 nafar chaqaloqning ahvoli og‘ir.

NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in boshlanganda reanimatsiya bo‘limida 54 chaqaloq bo‘lgan.

Mashhur yangiliklar