2 Iyul 2024, 13:01 Oʻzbekiston

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Endilikda yangi haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin boʻladi.

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva maʼlum qildi.

Unga koʻra, endi yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun sarson boʻlib tegishli tashkilotlarga borib yurilmaydi. Bu jarayonni my.gov.uz orqali amalga oshirish mumkin boʻldi.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud. Hatto murojaat holatini real vaqtda kuzatib borsa ham boʻladi.

Tayyor guvohnomani eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali uyda qabul qilib olish mumkin.

Mashhur yangiliklar