Havo ochiq va issiq: 16-iyul uchun ob-havo
Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayishi mumkin.

16-iyul kuni O‘zbekistonda issiq bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 37-39° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30° gacha, kunduzi 37-42°;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° bo‘ladi;
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda havo harorati 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Izohlar