Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi: 6-oktyabr uchun ob-havo
Prognozga ko‘ra, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6-oktyabr kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 22-24° bo‘ladi. Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmayapti. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
Izohlar