Havo harorati pasaymoqda: dam olish kunlari ob-havosi
Respublika bo‘yicha shamolning kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

29-avgustdan 1-sentyabrgacha O‘zbekistonda issiq chekinishni boshlaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
29-avgustda kunduzi bulutsiz va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 36-39°, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda 41° gacha bo‘ladi. So‘ngra respublika hududiga shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 30-avgustda 31-36°, 31 avgustda va 1 sentyabrda 28-33° atrofida bo‘ladi.
Eng sezilarli salqinlik tungi va ertalabki soatlarda seziladi, 1-sentyabrga kelib tungi harorat 13-16° gacha pasayadi. Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31 avgust va 1-sentyabrda ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: bulutsiz. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30-31-avgustda ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan 10-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi 37-39°, shanba kuni 34-36°, yakshanba va dushanba kunlari 30-32° bo‘ladi. Tungi haroratning 13-15° gacha asta-sekin pasayishi.
Izohlar