O‘zbekiston

Harorat pasayishi va kuchli shamol: 16-avgust uchun ob-havo haqida qisqacha

Ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

16-avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Chang aralash shamolning 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 19-21°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 12-17°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.

Avvalroq dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz mo‘tadil issiq havo kutayotgani haqida xabar berilgandi. Faqat respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная