Harorat 29 darajagacha: 27-oktyabr uchun ob-havo
Sinoptiklar yog‘ingarchilikni kutmayapti.

27-oktyabrda O‘zbekistonda havo salqin bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 11-13°, kunduzi 23-25° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kechqurunga yaqin ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° issiq, kunduzi 19-24° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
- Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamolning tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Izohlar