24 Sentabr 2024, 17:03 Oʻzbekiston

Haftaning ikkinchi yarmida nam va nisbatan salqin havo kirib keladi

Poytaxtda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 26-sentyabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmida nam va nisbatan salqin havo kirib keladi

Joriy haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 24-25-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida va 25-sentyabrda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan bir oz salqin va nisbatan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.

26-27-sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 26-sentyabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 24-25-sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 26 sentyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 26-sentyabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 23-25-sentyabrda 28-31 daraja, 26-27-sentyabrda 24-27-daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 25-26-sentyabrda 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Mashhur yangiliklar