24 Yanvar 2025, 15:19 Oʻzbekiston

Hafta oxiriga borib kunlar isiy boshlaydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi.

Hafta oxiriga borib kunlar isiy boshlaydi

Dam olish kunlari respublikadan sovuq havo massalari chekina boshlaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 24-yanvar, juma kuni butun respublika bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi fonida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 25-yanvar, shanba kuni kechasi havo harorati 2-7 daraja sovuq oralig‘ida saqlanib, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqqacha, kunduzi 9-14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

24-25-yanvarda bazi joylarda shamol 13-18 metr/sekundgacha tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining to‘gli hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Toshkentda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni havo harorati kechasi 0-2 daraja iliqqacha, kunduzi 11-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Mashhur yangiliklar