17 Mart 2025, 13:06 Oʻzbekiston

Hafta davomida juda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda payshanba kunigacha havo juda iliq va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +7…+12, kunduz kunlari +22…+25 daraja, ba’zi joylarda +30 darajagacha bo‘ladi.

Hafta davomida juda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

17–20 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet» agentligi.

Havo harorati asosan kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +22…+25 daraja, ba’zi joylarda +27…+30 darajagacha bo‘ladi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechalari +9…+12 daraja, kunduz kunlari +22…+27 daraja bo‘ladi.

 

Mashhur yangiliklar