Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi
Sovg‘a to‘kin-sochinlik va farovonlikni anglatadi.

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ishchi tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga 22-avgust kuni “Avaza” kongress markazi yonidagi maxsus maydonga tashrif buyurdi. Mehmonlarga mashhur “Galkinish” otliqlar guruhining Axaltaka tulporlari chiqishlari namoyish etildi.
Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ifodasi sifatida davlatimiz rahbariga mo‘l-ko‘lchilik va farovonlik ramzi bo‘lgan tuya va bo‘taloqni sovg‘a qildi. Berdimuhamedov Aliyevga “Taus” laqabli axaltaka otini ham sovg‘a qilgan.
Izohlar